• Tashkilot haqida
  • Qonunchilik
  • Regionlar
  • Hamkorlar
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar
  • Bog'lanish
  • Kirish

Mahalliy bo'linmalar

  • Respublika SSM DK
  • Andijon SSM DK
  • Olmaliq SSM DK
  • Bekobod SSM DK
  • Buxoro SSM DK
  • Jizzax SSM DK
  • Qoraqalpog'iston SSM DK
  • Qashqadaryo SSM DK
  • Qo'qon SSM DK
  • Navoiy SSM DK
  • Namangan SSM DK
  • Samarqand SSM DK
  • Surxondaryo SSM DK
  • Sirdaryo SSM DK
  • Toshkent shahar SSM DK
  • Farg'ona SSM DK
  • Xorazm SSM DK
  • Chirchiq SSM DK
Andijon SSM DK

Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi
 

   Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi-davlat korxonasi  O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 oktyabrdagi "Standartlashtirish, metrologiya hamda maxsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida" gi qaroriga muvofiq 2002 yil   noyabr oyida tashkil etilgan bo`lib, "Davlat korxonalari to`g`risida Nizom" ga asosan 2007 yilning oxirida davlat korxonasiga aylantirilgan. Markazning faoliyatiga umumiy rahbarlikni uning ta'sischisi hisoblangan "O`zstandart" agentligi va agentlik qoshidagi Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi-davlat korxonasi amalga oshiradi. Andijon SSM-DK o`ziga yuklatilgan vakolat doirasida xududda maxsulotlarni sinash va sertifikatlashtirish, metrologik
xizmatlar ko`rsatish hamda xalqaro standartlar asosida sifat tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish sohalari bo`yicha faoliyat yuritmoqda.
   Bugungi kunda markazda akkreditlangan fizik-kimyoviy va fizik-mexanik sinovlar laboratoriyasi, past kuchlanishli elektrotexnika maxsulotlarini sinash laboratoriyasi, maxsulotlarni sertifikatlashtirish bo`limi, o`lchash vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruv bo`limi, sifatni boshqarish tizimlarni joriy qilish bo`limi hamda ularga xizmat ko`rsatuvchi tuzilmalar ish olib bormoqda.                                                                                         Tasdiqlangan shtat jadvaliga binoan markaz malakali kadrlar bilan to`liq ta'minlangan. Xozirda markazda 49 nafar xodim ishlamoqda, shundan 14 nafari ayollarni tashkil qiladi. Markaz xodimlarining 32 nafari (65%) oliy va 13 nafari (26%) o`rta maxsus ma'lumotga ega.
    Andijon SSM-DK xuzuridagi sertifikatlashtirish idorasi 2003 yilning boshida tashkil etilgan bo`lib, u milliy akkreditatsiya tizimida akkreditlangan. Sertifikatlashtirish idorasi malakali mutaxassislar bilan to`liq ta'minlangan. Bugungi kunda sertifikatlashtirish ishlarida qatnashayotgan 3 nafar mutaxassis yo`nalishlar bo`yicha ekspert-auditor unvoniga ega, 4 nafar mutaxassis esa ekspert-auditorlikka nomzod sifatida maxsus tayyorgarlikdan o`tgan.

Тел: 8(374) 222-21-39
                                                   

  • En
  • Ру
  • Uz
  • .
  • .
  • .
Ishonchli telefon

Andijon SSM DK

(+998 71) 150-63-53
Bog'lanish
© 2009 Respublika Sinov va Sertifikatlashtirish Markazi. SSD Software Solutions tomonidan ishlab chiqilgan.