Mahalliy bo'linmalar |
Jizzax SSM DK Jizzax sinov va sertifikatlatirish markazi davlat korxonasi
"Jizzax sinov va sertifikatlatirish markazi" davlat korxonasi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 03 oktyabrdagi 342-sonli " Standartlashtirish, metrologiya , mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish to`g`risida"gi qaroriga muvofiq tashkil etilib, "O`zstandart" agentligi tarkibiga kiradi. "Jizzax sinov va sertifikatlashtirish markazi" davlat korxonasi tarkibida xozirgi kunda "O`lchash vositalarini davlat metrologik tekshiruvi bo`limi", "Sertifikatlashtirish bo`limi", "Sifat menedjment tizimlarini joriy qilish guruxi", "Sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan inspeksion nazorati o`tkazish guruxi" va "Sinov majmualari" tashkil etilgan. Markazdagi Sertifikatlashtirish idorasi bir turdagi mahsulotlarni "Oziq-ovqat va qishloq xo`jalik mahsulotlarini sertifikatilashtirish bilan shug`ullanadi. Hozirgi kunda idora qoshida plastmassa buyumlarini sinash laboratoriyasi tashkil qilindi va kelgusida plastmassa buyumlarini sertifikatlashtirish idorasi tashkil qilish rejalashtirilmoqda. Markazimizda 3 nafar ekspert-auditorlar bo`lib, bulardan 1 nafari oziq-ovqat va qishloq xo`jalik mahsulotlarini sertifikatlashtirish, 1 nafari ellektron texnika mahsulotlarini sertifikatlashtirish, 1 nafari sifat menedjmenti sohasi bo`yicha ekspert-auditor sifatida faoliyat ko`rsatmoqda. Markaz bo`yicha 4 ta xodim ekspert-auditorlikka nomzod xisoblanadi. Shundan 2 ta xodim sertifikatlashtirish sohasi bo`yicha, 2 ta xodim metrologiya sohasi bo`yicha ekspert-auditorlikka nomzod. "Jizzax sinov va sertifikatlashtirish markazi"davlat korxonasining yuridik manzili: Jizzax shaxri, M.Xusainov kuchasi, 20-A uy, Ishonch telefoni: 8372226-14-71, Faks: 8372226-33-81. Elektro manzil: jizzahssm@mail.ru.
|