
Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat korxonasi
"O`zstandart" agentligi Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat korxonasi 38 yillik tajribaga ega bo`lib, markazda yuqori malakaga ega bo`lgan tajribali mutaxassislar ishlab kelmoqda. Markaz xizmat ko`rsatuvchi xuddudga; Bo`stonliq, Parkent, Yuqori-Chirchiq, Qibray, Zangiota, Toshkent tumanlari va Chirchiq shaxri kiradi.
Markaz MS ISO 9001:2000 Xalqaro standarti bo`yicha sertifikatlashtirilgan. Markaz o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasining "Standartlashtirish to`g`risida"gi, "Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida"gi, "Metrologiya to`g`risida"gi, "Iste'molchilar xuquqlarini ximoya qilish to`g`risida"gi va "Oziq-ovqat mahsulotlarini sifati va xavfsizligi to`g`risida"gi Qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 318-sonli qarorlari ijrolarini ta'minlash bo`yicha ishlar olib boradi.
Manzil: Chirchiq shaxri, Mendeleeva ko`chasi 5 A. Tel: 71-5-35-82, faks: 71-6-58-11 Elektron pochta: chirchiksert@mail.ru